117

Akademiya psixologi respublika psixologlarining ilmiy-amaliy anjumanida qatnashdi

“Xalqaro psixologlar kuni” munosabati bilan respublikamiz bo‘ylab bir qator tadbirlar, uchrashuv va seminarlar tashkil etilmoqda. 

Xususan, Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Hozirgi zamon psixologlari. Muammo va yechimlar” mavzusida respublika psixologlarining ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi. 

Anjumanda Respublikamizdagi oliy taʼlim muassasalarining 160 nafardan ortiq psixolog mutaxassislari bilan bir qatorda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi psixologi, “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi katta o‘qituvchisi Gulruh G‘aniyeva ishtirok etdi. 

Rasmiy ochilish marosimidan soʻng ishtirokchilar tomonidan inson psixologiyasi, psixologik yondashuv metodlari, bolalar hamda oʻsmirlar psixologiyasini oʻrganishga bagʻishlangan bir qator maʼruzalar oʻqib eshittirildi va mavzular yuzasidan fikr almashinildi. 

Seminar yakunida esa ishtirokchilarni Samarqand davlat tibbiyot universitetining yangi oʻquv binosi hamda muzeyi bilan tanishtirish maqsadida universitet boʻylab sayohat tashkil etildi. Shuningdek, anjuman ishtirokchilari oʻrtasida “ZAKOVAT” intellektual oʻyini ham tashkil etilib, gʻolib va sovrindorlar aniqlandi.

Izoh qoldirish