Talabalar o‘rtasida “Intelektual ring” musobaqasi boʻlib o‘tdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talabalar o‘rtasida “Intelektual ring” musobaqasi boʻlib o‘tdi.
Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishni taʼminlash maqsadida tashkil etilgan tanlovda talabalar jamoalarga bo‘lingan holda bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.
“Chet tillari” kafedrasi oʻqituvchilari D.Xasanova hamda A.Xafizov tomonidan tashkil etilgan musobaqada talabalar 6 ta guruhga ajralgan holda jami olti kategoriya asosida savollarga javob berdilar. 2-bosqichda saralangan uch jamoa jami besh kategoriya bo‘yicha savollarga javob berdi.
Mazkur tanlov yoshlar oʻrtasida kino, teatr, musiqa, xoreografiya, tasviriy, sirk, xalq amaliy sanʼati va estrada sanʼatini rivojlantirishga, ularning gʻoyaviy-badiiy va axloqiy saviyasini oshirishga koʻmaklashish har bir pedagogning vazifasidir tizimini yanada rivojlantirish hamda toʻrtinchi tashabbus doirasida tashkil etildi.
Musobaqa yakunida ishtirokchilarning toʻplagan ballariga koʻra, g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
1-oʻrin Turizm yoʻnalishi 1-bosqich talabalaridan tashkil topgan “Young stars” jamoasiga, 2-oʻrin Xalqaro munosabatlar yoʻnalishi 1-bosqich talabalaridan tashkil topgan “Diplomats” jamoasiga, hamda 3-oʻrin Filologiya yoʻnalishi 1-bosqich rus guruhi talabalaridan tashkil topgan “Intellect” jamoasiga nasib etdi.
Gʻoliblar pul mukofoti va sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish