99

Doktoranturaga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida oliy ta’limdan keyingi ta’lim shaklining tayanch doktorantura, maqsadli tayanch doktorantura, stajyor-tadqiqotchilik va mustaqil izlanuvchanlik institutining tegishli ixtisosliklari bo‘yicha kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Bu yilgi imtihonlarda talabgorlar “Dinshunoslik”, “Din psixologiyasi”, “Islom tarixi va manbashunosligi”, “Qur’onshunoslik, Hadisshunoslik”, “Fiqh, kalom ilmi, Ilohiyot”, “Mumtoz sharq adabiyoti va manbashunosligi” ixtisosliklari bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishyapti.

Shuningdek, nogironligi bo‘lgan talabgorlar uchun chet tili fanidan suhbat ham tashkil etiladi.

Talabgorlar mazkur ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy faoliyat olib borish maqsadida joriy yilning 25-noyabrga qadar belgilangan taqvim reja asosida ixtisoslik fanlaridan imtihon topshirishadi.

Kirish imtihonlari va suhbatlarda talabgorlarning hujjat topshirgan ixtisosliklari bo‘yicha bilim darajasi, zamonaviy muammolarni tahlil etish va yechim taqdim qilish bo‘yicha ilmiy salohiyati sinovdan o‘tkazildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish