“Bagʻrikenglik haftaligi” doirasidagi tadbirlar Respublika boʻylab keng koʻlamda oʻtkazilmoqda
Respublika umumtaʼlim maktablarida “Milliy anʼana va udumlar” koʻrgazmalari, “Bagʻrikenglik mening nazdimda” mavzusida eng yaxshi insholar tanlovlari, “Mening bagʻrikeng dunyoim” mavzusida eng yaxshi rasmlar tanlovlari, bagʻrikenglikni targʻib qiluvchi sheʼrxonlik kechalari o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, respublika oliy taʼlim muassasalarida “Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz”, “Diniy maʼrifat va millatlararo bagʻrikenglik – jamiyat barqarorligi sharti” mavzularida ilmiy-amaliy va maʼrifiy tadbirlar, “Millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik – umrboqiy qadriyatlar” mavzusida davra suhbatlari tashkil etilmoqda.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi istirohat bogʻlari hamda boshqa madaniy hordiq chiqarish joylarida “Oʻzbekiston – bagʻrikeng diyor” nomi ostida konsertlar, qardosh xalqlar yozuvchilari, shoirlari va rassomlarining badiiy asarlari va “Tasviriy oyina” fotokoʻrgazmalari kabi tadbirlar boʻlib oʻtmoqda.
Eslatib oʻtamiz, ushbu haftalik joriy yilning 13-19-noyabr kunlari davomida oʻtkazilishi belgilangan.
Manba: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish