192

“Bagʻrikeng diyor” nomli fotokoʻrgazmaning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Bagʻrikenglik haftaligi doirasida 15-noyabr kuni Toshkent Fotosuratlar uyida “Bagʻrikeng diyor” nomli fotokoʻrgazmaning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Ushbu koʻrgazmada 60 ga yaqin fotoasarlar tomoshabinlar eʼtiboriga havola etilgan boʻlib, unda Oʻzbekistonda mavjud yirik diniy konfessiyalar rahbarlarining oʻzaro doʻstona aloqalarini, mamlakatimizdagi turli diniy tashkilotlar, ibodatxonalar, ularning emin-erkin faoliyatini, bayram va tantanalar, diniy urf-odatlarni namoyish etuvchi fotosuratlar jamlangan.

Koʻrgazmaning tantanali ochilish marosimida soʻzga chiqqanlar tomonidan tomoshabinlar diqqatiga havola etilayotgan fotoasarlarda yurtimizda hukm surayotgan millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik aks ettirilgani haqida soʻz yuritildi.

Manba: Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish