113

Akademiya vakillari “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Xabar beganimizdek, poytaxtimizdagi “Intercontinental” mehmonxonasida 16-noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Marosimda diniy-ma’rifiy sohaning samaradorligini oshirishga munosib hissa qo‘shgan atoqli davlat va jamoat arboblari, diniy-ijtimoiy sohadagi rahbarlar va yetuk ulamolar, davlat tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlar xodimlari, xalqaro tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalarning vakillari, xorijiy arboblar va olimlarining bir guruhi “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. 
 

Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bir guruh professor-o‘qituvchilariga mazkur ko‘krak nishoni topshirildi.

Xususan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov;

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov;

Malaka oshirish markazi rahbari Husniddin Axmedov;

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Jamoliddin Karimov;

“Ziyo” media markazi direktori Abduhamid Muxtorov;

“Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi mudiri Mahfuza Alimova;

“Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professori Ahadjon Hasanov;

“Arab tili va adabiyoti al-Azhar kafedrasi dotsenti Abdulhay Abdullayev;

“Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi professori Najmiddin Nizomiddinov;

“Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi professori Matluba Qahhorova “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish