Akademiya talabalari ishtirokida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “Besh tashabbus olimpiadasi” munosabati bilan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari ishtirokida “Quvnoqlar va zukkolar” koʻrik-tanlovi o‘tkazildi.
Unda Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar, Islomshunoslik va Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti talaba-yoshlari g‘oliblik uchun bellashishdi.
Tanlov Akademiya hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etildi.
Soʻnggi yillarda yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar koʻlami tobora ortib bormoqda. Mustaqil fikrlovchi, zamonaviy ilm-fan va kasb-hunarlarni puxta egallagan, oʻz yurti va xalqiga fidoyi barkamol avlod taʼlim-tarbiya bugun har qachongidan-da muhim.
Ma’lumki, “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi yoshlarimiz orasida tobora ommalashib bormoqda. Joriy yilda mazkur tanlovga 30 yil toʻladi. Bu vaqt davomida tanlovda ishtirok etgan koʻplab isteʼdodli yigit-qizlarimiz bugun jamiyatimizning faol aʼzolari safidan oʻrin olishdi. Musobaqaning qamrovi ham kengayib bormoqda. Oʻzbekiston Quvnoqlar va zukkolar assosiatsiyasi tashkil topdi.
Unda jamoalar 3 ta shart – “Tanishtiruv”, “Biatlon” hamda “Musiqachi chiqish” bo‘yicha o‘z quvnoqliklari va zukkoliklarini namoyish etishdi.
Yakunda Islomshunoslik fakultetining “Hoji akalar” jamoasi 3-o‘rinni, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakultetining “Iqtisodchi” jamoasi 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘oliblik Mumtoz sharq filologiyasining “HEMIS” jamoasiga nasib etdi.
Shuningdek, “Eng quvnoq yigit” va “Eng quvnoq qiz” nominatsiyalari bo‘yicha nomzodlar aniqlandi.
G‘olib jamoaga 5 million so‘m pul mukofoti hamda diplom topshirildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish