210

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektorining TABRIGI

Qadrli jamoadoshlar, hurmatli professor-oʻqituvchilar! Aziz talaba-yoshlar!

Avvalo, siz azizlarni va Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi kasaba uyushmalari boshlangʻich tashkilotining barcha aʼzolarini mamlakatimizda nishonlanayotgan Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Bugungi kunda yurtimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida “Inson qadri uchun!” tamoyili asosida butun xalqimiz va mehnat jamoalari xodimlari hamda yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash ishlari yangi bosqichga koʻtarildi. Xususan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” kabi alohida yondashuvlar asosida jamiyatimiz har bir aʼzosi hayoti va faoliyatiga muhim eʼtibor qaratilmoqda. 

Shunga koʻra, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi ahil va inoq jamoasi har bir xodimining ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoyalash, ularning yosh avlodni barkamol voyaga yetkazish, xalqimizga ilm-maʼrifat tarqatish orqali ona Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshishdek ezgu maqsad yoʻlida birlashtirish borasida samarali faoliyat koʻrsatmoqda.


Bunda Akademiyamiz ishchi-xizmatchilari, professor-oʻqituvchilari va, albatta, talaba-yoshlar hamda ilmiy tadqiqotchilarini ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, maʼnaviy hamda ilmiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashga sarflanadigan oʻrtacha mablagʻ miqdorining doimiy oʻsib borayotgani katta ahamiyatga egadir.


Xususan, soʻnggi davrda akademiya xodimlarini sogʻlomlashtirish, moddiy qoʻllab-quvvatlash, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida madaniy-maʼrifiy, sport hamda koʻngilochar tadbirlarga taklif etish ishlari namunali tashkil etilmoqda.


Ushbu jarayonda ayniqsa, koʻp yillar davomida Akademiyamizda samarali faoliyat koʻrsatib kelayotgan ishchi-xizmatchilar va professor-oʻqituvchilarga alohida eʼtibor qaratilib, munosib ish va dam olish sharoitlarini yaratish, sogʻlomlashtirish va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarga jalb etishga katta ahamiyat berilayotgani eʼtiroflidir.

Yana bir bor Siz, azizlarni bugungi qutlugʻ ayyom – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, masʼuliyatli va olijanob ishlaringizda yangi-yangi yutuqlar tilayman.

Xonadonlaringizdan hech qachon tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka, baxt va omad arimasin!

Uygʻun GʻAFUROV,

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish