197

Akademiya oʻqituvchisi taqdirlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan “11-noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni” deb eʼlon qilinib, har yili ushbu kunni bayram sifatida nishonlash kasaba uyushmalarining anʼanalaridan biriga aylandi. 

Shu munosabat bilan Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining katta majlislar zalida “11-noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan Federatsiya tomonidan oʻtkazilgan koʻrik-tanlovlar gʻoliblari hamda “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi laureati” va “Ehtirom nishoni”ga sazovor boʻlgan kasaba uyushmalari xodimlari, faollari hamda shifokorlar, oʻqituvchilarni ham taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Shuningdek, tadbirda paralimpiya gʻoliblariga ham turli diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Ahamiyatlisi, mazkur tadbirda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi – IRCICA” kafedrasi mudiri Ne’matullo Muhamedov ham “Eng yaxshi oʻqituvchi” nominatsiyasi boʻyicha diplom bilan taqdirlandi. 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish