124

O‘z kasbining fidoyilariga ehtirom

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “11-noyabr – Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan “O‘z kasbining fidoyilariga ehtirom” mavzusida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, Akademiya professor-o‘qituvchilari, oliy ta’lim muassasasida mehnat qilib, ayni paytda nafaqada bo‘lgan bir guruh professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirok etishdi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Toshkent shahar kengashining Akademiyadagi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan tashkil etilgan tadbirni Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Unda mazkur dargohda uzoq yillardan beri faoliyat olib borayotgan, oliy ta’lim muassasasida mehnat qilib, ayni paytda nafaqada bo‘lgan bir guruh professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarga bayram munosabati bilan faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi professori Omon Musayev “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Tadbirda keyingi yillarda jamiyat hayotida kasaba uyushmalarining o‘rni va roli oshib borayotgani, tashkilot tomonidan ishchi-xodimlar huquq va manfaatlarini himoya qilinib, ular uchun munosib mehnat va dam olish sharoitlari yaratilayotgani e’tirof etildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish