Toshkentda “Bolalar va yoshlar harakatda – Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi” xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi
Forumda Oʻzbekistonning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva, Turkiya Respublikasining birinchi xonimi Emine Erdogʻan, Eron Islom Respublikasi Prezidentining rafiqasi Jamile Alamulhudo, Qirgʻiz Respublikasining birinchi xonimi Aygul Japarova, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillari, yosh ekofaollar ishtirok etdi.
Bolalar va yoshlarning iqlim o‘zgarishi salbiy oqibatlariga qarshi kurashishdagi o‘rnini e’tirof etishga bag‘ishlangan forum ochilishida O‘zbekistonning birinchi xonimi va “Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva yosh ekofaollarga murojaat qilar ekan, shunday dedi:
“Forumning bosh ishtirokchilari – sizlar. Bugun bu yerda sizlarning toza, sog‘lom va barqaror muhit uchun kurashdagi yetakchiligingizni e’tirof etish maqsadida yig‘ildik. Qo‘shnilarimiz bilan birgalikda Samarqand ekologik oromgohi yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan Barqaror rivojlanish madaniyatini ilgari surish hamda yoshlar va bolalarni iqlim kun tartibiga jalb qilish bo‘yicha mintaqaviy strategiyaning imzolanishi yangi kelajak sari tashlangan muhim qadam bo‘ladi”.
Forum ishtirokchilari ekota’lim mavzusini muhokama qilar ekanlar, o‘quv jarayonida yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish muhim ekanini qayd etdi. Markaziy Osiyo ekofaollari iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha siyosat va dasturlarni ishlab chiqishda, ko‘rilayotgan choralarni monitoring qilish va ularning borishini baholashda bolalarning ham ishtirok etish huquqi borligini alohida ta’kidlashdi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish