98

Akademiya vakili xalqaro konferensiyada ma’ruza qildi

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini oʻrganish ICESCO” kafedrasi dotsenti, PhD Habibullo Sagdiyev Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasining Qozon shahrida xizmat safarida boʻldi. 

Akademiya o‘qituvchisi xizmat safari davomida “Postsovet davri Rossiyadagi musulmon jamiyatining rivojlanish natijalari” mavzusidagi umumrossiya ilmiy-ilohiy konferensiyasida ishtirok etdi. 

Konferensiyada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston hamda Rossiya Federatsiyadan 80 ga yaqin ishtirokchi qatnashdi.

Konferensiya oʻz ishini ikki qismda – “Rossiya musulmonlarining diniy merosi: tayanch manbasi va konseptual tushunishning yangi jihatlari” hamda “Postsovet hududida islom taʼlimi: muammolar va istiqbollar” mavzularidagi davra suhbati bilan davom ettirdi. 

Ertasi kuni “Islomshunoslik va ilohiyotshunoslik tadqiqotlar metodologiyasi muammolari: anʼanalar va innovatsiyalar oʻrtasidagi munosabat” seksiya hamda “Postsovet hududida islom taʼlimi: muammolar va istiqbollar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. 

Unda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti Habibullo Sagdiyev “al-Aqidatu-t-Tahoviya” asarining sharhlari, turli xil qarashlar uchun bahs maydoni sifatida” mavzusida maʼruza qildi. Ushbu maʼruza mezbon taraf va ishtirokchilarning qiziqish va qizgʻin savollari bilan kutib olindi.

Maʼruzalar qizgʻin savollar va muhokamalar bilan oʻtdi.

Shundan so‘ng Habibullo Sagdiyev Qozon federal unversitetining Xalqaro munosabatlar instituti talabalariga “Sharq qoʻlyozmalarining kodikologiyasi – ilmiy tadqiqotlar uchun manba” mavzusida maʼruza qildi. 

Izoh qoldirish