Akademiya rektori respublika ilmiy-amaliy anjumanida ma’ruza qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyida “Nosirxon toʻra Saidkamol toʻra oʻgʻlining faoliyati va ilmiy merosining milliy davlatchilik tarixidagi oʻrni va ahamiyati” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Mazkur anjumanda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori Uyg‘un G‘afurov ishtirok etib, ma’ruza qildi.
Tadbir Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Anjumanda Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi direktori Baxtiyor Hasanov, Koʻkaldosh oʻrta maxsus islom bilim yurti mudiri, Toʻron fanlar akademiyasining Akademigi Abdulhakim qori Matqulov, Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi boshqaruv raisi, Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxoʻja va ilmiy xodimlari, tarixchilar, tadqiqotchilar, oʻrta maxsus islom bilim yurti oʻqituvchilari hamda talabalar qatnashishdi.
Tadbirda Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov so‘zga chiqib, keyingi yillarda mamlakatimizda Qatagʻon qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, ularning hayoti va merosini chuqur oʻrganishga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladi.
Anjumanda Vatanimiz mustaqilligi, xalqimizning erkin va ozod, kelajak avlodlarning tinch, toʻkin hayotini taʼminlash orzusida mardona kurash olib borib, mustabid tuzum davrida qatagʻon qilingan ulugʻ ajdodlarimiz faoliyati va merosini targʻib qilish muhim vazifalardan biri ekani qayd etildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish