Inson qadri va qadriyatlar hikmati
Davlatimiz rahbari olib borayotgan islohotlarning asl maqsadi inson qadri va milliy qadriyatlarga katta eʼtibor qaratishga asoslangan. ”Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” tamoyilining amaldagi isboti esa kundalik turmushimizning har bir soniyasida aks etib bormoqda.
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkazilgan “Inson qadri va qadriyatlar hikmati” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy davra suhbatida ham ana shu xususda so‘z bordi.
“Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri Farhod Karimov, kafedra a’zolari, “Milliy tiklanish” demokratik demokratik partiyasi raisining oʻrinbosari Feruza Muhamadjonova, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti professori Feruza Akramova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Do‘stlik” ordeni sohibasi, shoira Sayyora To‘ychiyeva hamda talabalar ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar tomonidan jamiyatda inson omiliga boʻlgan eʼtibor, oila munosabatlari, shukronalik tuygʻulari, ilm-fan taraqqiyoti haqida soʻz bordi.
Inson qadri, erkinligi, baxt-saodati, teng huquqliligi haqidagi g‘oya va qarashlar ulug‘ ajdodlarimiz tafakkurida asrlar osha barq urib kelgani, o‘tgan qisqa vaqt ichida inson taqdiri, qadri, xalq manfaatlari davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani e’tirof etildi. Xususan, yurtimizda 2022-yilning “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” deb e'lon qilingani ham mazkur xalqchil siyosatning jadal davom ettirilishini anglatishi ta’kidlandi.
Shu bilan birga, Uchinchi Renessansga poydevor yaratilayotgan davrda yosh avlod qalbida xalqimizning diniy-milliy qadriyatlari, urf-odatlarini tushuntirish, ularda vatanga daxldorlik tuyg‘ularini kuchaytirish dolzarb masala ekani qayd etildi.
Yakunda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish