205

Akademiya rektori Samarqand shahridagi xalqaro kongressda nutq so‘zladi

Samarqand shahrida O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati tomonidan “O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Renessans asosi” VII Xalqaro kongressi bo‘lib o‘tmoqda. 

Mazkur nufuzli anjumanda bir qator milliy va xalqaro hamkor tashkilotlar, mutaxassis va olimlar bilan bir qatorda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov ham ishtirok etdi. Akademiya rektori anjumanda nutq so‘zladi.

Ma’lumki, mazkur tadbir O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan har yili 300 dan ortiq xorijlik va mahalliy olimlar ishtirokida o‘tkaziladi.

Anjuman doirasida “O‘zbekiston madaniy merosi” turkumidan 61-70 jilddan iborat 10 ta yangi kitob taqdim etiladi. 

Kongressning ilmiy qismi 5 ta xalqaro konferensiyadan iborat. Unda 120 ga yaqin maʼruzalar tinglanadi. “Oʻzbekiston madaniy merosi” turkumidan 10 ta yangi kitob taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Butunjahon jamiyatining boshqa noshirlik loyihalari – “Sharq miniatyurasida tarixiy shaxslar”, “Klavixo: Samarqanddagi Temur saroyiga sayohat kundaligi (1403-1406)”, “Rishton kulolchiligi”, “O‘zbekiston san’ati durdonalari’, “Orol va Amu bo‘ylarida: qoraqalpoq san’ati”, “Badiiy atamalar ensiklopediyasi” albomlari, shuningdek, “Bezak ensiklopediyasi” mavzulariga bag‘ishlangan rejalardagi nashrlar, “O‘zbekiston gilamlari”, “114 Qur’on”, “Sharqning 100 nodir qo‘lyozmasi” loyihalari ham kongress ishtirokchilariga taqdim etiladi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish