Akademiya o‘qituvchilari xalqaro konferensiyada ma’ruza qildi
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini oʻrganish ICESCO” kafedrasi dotsenti Durbek Raximdjanov va “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy oʻrganish UNESCO” kafedrasi dotsenti Ramzjon Isakdjanov Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasining Bolgar shahridagi Bolgar islom akademiyasida xizmat safarida boʻlishdi.
Akademiya vakillari “Zamonaviy taʼlim tizimida islom teologiyasi: muammolar va istiqbollar” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishdi.
Dastlab mezbon taraf vakillari boshqa davlatlardan ham mehmonlarni kutib olib, ularni Akademiya majmuasi hamda Bolgar davlat tarixiy-meʼmoriy muzey-qoʻriqxonasi bilan tanishtirdilar.
Mehmonlar Bolgar islom akademiyasi qoʻlyozmalar fondida saqlanayotgan koʻplab islom ilmlariga oid qoʻlyozma va toshbosma manbalar hamda ularni qayta tiklash laboratoriyasi bilan tanishdilar.
Ertasi kuni Akademiya vakillari konferensiyada qatnashishdi. “Zamonaviy daʼvolar sharoitida teologik tadqiqotlar muammolari” va “Islom ilohiyotida inqilobdan avvalgi va xorijiy anʼanalarning qabul qilinishi” nomli 2 ta seksiyaga boʻlindi.
Durbek Raximdjanov “Islom ilohiyotida Abu Hafs Nasafiyning “Aqoid Nasafiy” kitobining oʻrni” mavzusida, Ramzjon Isakdjanov “Ibn Sinoning teologik qarashlari” mavzusida maʼruzalar qilishdi.
Konferensiyada Rossiya, Malayziya, Marokash, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon davlatlaridan jami 100 dan ortiq ishtirokchi bevosita, onlayn va sirtdan qatnashdi.
Maʼruzalar qizgʻin savollar va muhokamalar bilan oʻtdi.
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish