721

Bangladeshda birinchi kosmik rasadxona tashkil qilinadi

Hukumat mamlakatda birinchi bo‘lib “Bangabandhu Shayx Mujibur Rahmon kosmik rasadxona markazini” qurishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Bu to‘g‘risida www.thedailystar.net sayti xabar bermoqda.

Taniqli yozuvchi professor Zafar Iqbol birinchi bo‘lib, Faridpurning Bhanga shahrida kosmik rasadxona markazini yaratish g‘oyasini jamoatchilik e’tiboriga havola etdi. U Yerni Sharqdan Gʻarbga o‘rab olgan uchta – ekvator, janubiy tropik va shimoliy tropik chiziqlari Faridpurning Bhanga shahrida Yerni shimoldan janubgacha o‘rab turgan to‘rtta bo‘ylama chiziqlar bilan kesishish nuqtasiga ega ekanligini tushuntirdi. Bu joyni kosmik rasadxona tashkil etish uchun ideal joyga aylantirish taklifini ilgari surdi.

Uning taklifidan keyin Bosh vazir Fan va texnologiyalar vazirligiga loyihani tayyorlashni boshlashga ko‘rsatma berdi. Loyiha taklifiga binoan markaz 10 sotix yer maydonida quriladi. Reflektorli teleskoplarni joylashtiradigan 5 qavatli dumaloq binoga ega bo‘ladi.

Loyiha 2023-yilning iyun oyida yakunlanishi rejalashtirilmoqda.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish