8-mart – Xalqaro ayollar kuni tarixi
Xalqaro xotin-qizlar kunini o‘tkazish g‘oyasi XX asr boshlarida paydo bo‘lgan, deb ma’lumot bermoqda www.pnp.ru sayti. Mazkur taklifni 1910-yilda Kopengagendagi yig‘ilishda nemis faoli Klara Zetkin bergan. Ushbu taklif konferensiya ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.
Xalqaro xotin-qizlar kuni birinchi marta 1911-yil 19-martda Avstriya, Daniya, Germaniya va Shveysariya ayollari tomonidan nishonlandi. Ular uchrashuvlarda ayollarga erkaklar bilan teng huquq berilishini talab qilishdi.
Rossiyalik ayollar ikki yildan so‘ng, xalqaro harakatga qo‘shildi. 1913-yil 2-martda Poltava ko‘chasidagi Kalashnikovskaya non birjasi binosida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda ayollarga ovoz berish huquqi va onalikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilingan.
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlash an’anasi 1914-yilda paydo bo‘lgan. Shu kuni Avstriya, Daniya, Germaniya, Niderlandiya, Shveysariya, Rossiya, AQSH va boshqa bir qator davlatlar aholisi norozilik mitinglarini o‘tkazdi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan Xalqaro ayollar yili, deb e’lon qilingan 1975-yilda BMT 8-martni Xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida belgilagan.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish