Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi koordinatorlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) Volontyorlar dasturi kotibiyatining masʼul rahbari Goto Dayske boshchiligidagi delegatsiya Akademiya rahbariyati bilan uchrashish hamda ta’lim jarayoniga jalb etilgan yaponiyalik volontyor, mutaxassis-o‘qituvchi Mori Yasuyuki faoliyatini o‘rganish maqsadida O'zbekiston xalqaro islom akademiyasiga tashrif buyurdi.
Muloqotda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Zokirjon Ro‘ziyev, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev, Talabalar (xorijiy) bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Navro‘z Abdullajonov ishtirok etdi.
Uchrashuvda Akademiya rektori JICA tashkiloti bilan muntazam olib borilayotgan hamkorlik yangi bosqichga chiqayotgani, Akademiyaga volontyor sifatida jalb qilingan yaponiyalik mutaxassis talabalar va o‘qituvchilar uchun yangi bilimlarni olishda katta ahamiyat kasb etgani uchun agentlik vakillariga minnatdorchilik bildirdi.
Shundan so‘ng Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi koordinatori Ivata Shoichi O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan amaliy hamkorlikdan mamnun ekanini e’tirof etdi.
Uchrashuv davomida JICA bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama etildi.
Shuningdek, JICA vakillari volontyor, mutaxassis-o‘qituvchi Mori Yasuyukining Akademiya talabalari uchun dars o‘tish jarayonini kuzatishdi.
Muloqot yakunida har ikki tomon do‘stona uchrashuv va hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi. Akademiya mutasaddilari tomonidan esdalik sovg‘asi topshirildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish