Akademiyada dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Markaziy Osiyo mintaqasidagi geosiyosiy jarayonlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
“Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan davra suhbatida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, kafedra mudiri Farhod Karimov, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.
Uchrashuvda Markaziy Osiyo xalqaro instituti Siyosiy tadqiqotlar va mintaqa xavfsizligini o‘rganish bo‘limi boshlig‘i Turdiqul Butayarov ma’ruza qildi.
Turdiqul Butayarov 1994-1996-yillarda Oʻzbekistonning AQSHdagi elchixonasida birinchi kotib, 1996-1998-yillarda Oʻzbekistonning AQSHdagi elchixonasida maslahatchi, 1998-2000-yillarda Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik Kengashi kotibi oʻrinbosari, 2000-2008-yillarda Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan. Hozirda Markaziy Osiyo xalqaro instituti Siyosiy tadqiqotlar va mintaqa xavfsizligini oʻrganish boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Tadbirda bugungi kunda Markaziy Osiyo mintaqasidagi geosiyosiy jarayonlar, mintaqa tarixi haqida so‘z yuritildi.
Davra suhbati yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish