156

Turizm qo‘mitasi bilan Anglashuv memorandumi imzolandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

Uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov, Akademiya prorektorlari Ilyos Mirziyotov, Zokirjon Ro‘ziyev, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Habibullo Sadibaqosev, “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi mudiri Olim Astanakulov, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda Turizm qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi. 

Ziyorat turizmi sohasida kadrlar tayyorlash, bu yo‘nalishda xorijiy ekspertlar bilan uzviy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, ilmiy va ma’rifiy loyihalarni amalga oshirish, Qo‘mita mutaxassislari bilan birgalikda Akademiya talabalari ishtirokida ziyoratgohlar va turizm yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘llanma hamda xaritalar ishlab chiqish bo‘yicha qator loyihalar amalga oshiriladi.

Shuningdek, hamkorlik asosida xalqaro elektron resurslar manbalari kontentini boyitish va ziyorat turizm yo‘nalishida baza yaratishga kelishib olindi.

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan O‘zbekistondagi 100 dan ortiq ziyoratgohlar to‘g‘risidagi to‘plam nashr etilgani ma’lum qilinib, Turizm qo‘mitasi tomonidan ushbu to‘plam turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari orasida targ‘ib qilinishida amaliy yordam berishga kelishildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish