Ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishda xotin-qizlarning o‘rni
“XXI asr ayoli” festivali doirasida “Ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishda xotin-qizlarning o‘rni” mavzusida xalqaro forum o‘tkazildi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Forumda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hamda Hukumati aʼzolari, vazirlik, idora va tashkilotlar mutasaddilari, xalqaro tashkilotlar vakillari, olimalar, ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchi ayollar, oliy oʻquv yurtlari talaba xotin-qizlari bilan bir qatorda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Nargiza Shoaliyeva ham ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan mamlakatimizda xotin-qizlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ularning dasturiy ishlanmalari, innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. So‘nggi yillarda xotin-qizlarning huquqiy mavqeini yuksaltirish, oila institutini himoya qilishga qaratilgan ko‘plab qonunlar, Prezident farmon va qarorlari qabul qilindi hamda amalda izchil tatbiq etilayotgani e’tirof etildi.
Forumda davomida ishtirokchilar tomonidan turli mavzulardagi ma’ruzalar tinglandi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish