166

Akademiya talabasi “Yil ayoli” milliy tanlovida ishtirok etdi

Chilonzor tumani hokimligida “Yil ayoli” milliy tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi. 

Mazkur tanlovda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik fakulteti “Dinshunoslik” yo‘nalishi 3-bosqich rus guruhi talabasi Nodira Normamatova ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, “Oʻz kasbining ustasi boʻlgan yil ayoli” nominatsiyasini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, tanlovda  “Yilning eng vatanparvar ayoli”, “Yilning eng faol olima ayoli”, “Yilning eng ilgʻor tadbirkor ayoli”, “Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli”, “Oʻz kasbining ustasi boʻlgan yil ayoli”, “Yilning eng kuchli maʼnaviy-maʼrifiy targʻibotchisi”, “Yilning eng yaxshi uy bekasi”,  “Yilning eng jonkuyar ustozi”, “Yilning eng faol sogʻlom turmush tarzi targʻibotchisi”, “Yilning eng yangi gʻoyalar tashabbuskori” va “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol tadbirkor ayol” nominatsiyalari boʻyicha 15 nafar ilgʻor ayollar ishtirok etishdi.

Tanlov juda qiziqarli va zavqli onlarga boy boʻldi. Ishtirokchilarning oʻziga xos chiqishlari, tuman Madaniyat boʻlimi xonandalari ijro etgan shoʻx kuy-qoʻshiqlar yigʻilganlarga xush kayfiyat bagʻishladi. 

Gʻoliblarga esdalik sovgʻalari va tanlovning shahar bosqichiga yoʻllanmalar taqdim etildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish