Ichki ishlar xodimlari uchun malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan ichki ishlar xodimlari uchun “Aholi radikallashuvining oldini olishdagi dolzarb masalalar” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.
Malaka oshirish o‘quvlaridan ko‘zlangan maqsad xodimlarning ekstremizm, terrorizm, radikalizm, aqidaparastlik, missionerlik g‘oyalarga qarshi kurashda mafkuraviy immunitetlarini mustahkamlash hamda yoshlar, ayniqsa, xotin-qizlar orasida radikallashuvni oldini olish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishdan iborat.
Ushbu o‘quvlarda “O‘zbekistonda vijdon erkinligini ta’minlash, radikalizm va ekstremizmga qarshi kurashning huquqiy asoslari”, “Dunyoning diniy manzarasi va din bilan bog‘liq geosiyosiy jarayonlar tahlili”, “Zamonaviy islom manbalarida radikalizm va ekstremizmning qoralanishi”, “Yoshlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali targ‘ib etilayotgan diniy mutaassiblik va ekstremizm g‘oyalaridan muxofaza qilishdagi dolzarb vazifalar” kabi mavzularda dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda.
Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish