Akademiya vakillari “Do‘ppi sayli”da ishtirok etdi
Toshkent viloyati hokimligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Toshkent viloyati vakilligi hamda boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida “Milliy qadriyat – mustaqillik poydevori” shiori ostidagi oʻzbek tili bayramining 34 yilligi munosabati bilan “DOʻPPI SAYLI” oʻtkazildi.
Mazkur tadbirda o‘zbek milliy do‘ppichilik tarixi bo‘yicha taniqli mutaxassislar, olimlar va xattotlar bilan bir qatorda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari – Saidakbar Agzamxo‘jayev hamda Saidafzal Saidjalolov ham qatnashdi.
Tadbirda viloyat hunarmandlari bilan bir qatorda Andijon, Namangan, Fargʻona, Qashqadaryo viloyatlari hamda Toshkent shahar hunarmandlari oʻzlarining ijod namunalari bilan ishtirok etdi.
Oʻzbek milliy bosh kiyimi boʻlgan doʻppining paydo boʻlish tarixi va undagi turli shakllarni mazmun mohiyati toʻgʻrisida maʼlumotlar tadbir ishtrokichilarida qiziqish uygʻotdi.
Tadbirning koʻzlangan asosiy maqsad milliy qadriyatlarimiz tiklash, hozirda turli millat va boshqa xalqlarning doʻppilarini kiyib yurgan yoshlarda milliy qadriyatlar ruhini shakllantirishdan iborat.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish