Akademiya vakillari “Yashil makon” loyihasi doirasida kuzgi daraxt ekish mavsumida ishtirok etishdi
Ona tabiatga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbat, uni ko‘z qorachig‘iday asrab-avaylash, e’zozlash inson bolasining go‘daklik paytidanoq unga uqtirilishi kerak. Uning ong-u tafakkurida o‘zi yashayotgan, buyuk ajdodlaridan qolgan ozod va obod Vatanni munavvar aylash, ko‘rkiga ko‘rk, chiroyiga chiroy qo‘shish birinchi galdagi vazifa bo‘lib turishi lozim.
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” loyihasining ahamiyati, uning tub zamirida ham mana shunday maqsad mujassam. Bu, eng avvalo, insonlar qalbida undirilgan ertangi yorug‘ kunga umid, ezgu niyat nihollari bo‘lmoqda, desak hech mubolag‘a bo‘lmaydi. Zotan, xalqimizda qadim-qadimdan xonadonda farzand dunyoga kelsa, ezgu maqsad – yangi uy, yosh oila bunyod etish niyatida ko‘chat o‘tqazish an’anasi hanuz bardavom.
Xabaringiz bor, Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” loyihasi doirasida kuzgi daraxt ekish mavsumida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi vakillari o‘zaro uyushqoqlik, yurtimiz go‘zal maskanlarini yanada obod etish uchun o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqda.
Bugun Shayxontohur tumanidagi “O‘rda” mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli hududda Akademiya rektori Uyg‘un G‘afurov boshchiligida kuzgi daraxt ekish jarayoni tashkil etildi.
Akademiya vakillari hududda obodonlashtirish ishlarini olib borishdi. Manzarali daraxt ko‘chatlari, kuz-qish mavsumiga mo‘ljallangan gullar o‘tqazildi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan daraxt ekish, yashil hududlarni koʻpaytirish katta harakatga aylanmoqda. Bu mavsumda 85 million tup koʻchat oʻtqazilishi moʻljallangan. Oʻrmon xoʻjaligi agentligi tomonidan har bir mahallaga 200 tadan koʻchat bepul yetkazib beriladi.
Bir so‘z bilan aytganda, “Yaxshidan bog‘ qoladi”, deydi dono xalqimiz. Bugun ozod va obod yurtimiz yanada chiroy ochib borayotgan bir paytda undagi yangilanishlar, bunyodkorliklarni ko‘rib, beixtiyor har bir kishining ko‘zi quvnaydi, qalbi orom oladi. Zero, bugun umummilliy harakatga aylangan “Yashil makon” loyihasida yurtimizda istiqomat qilayotgan har bir kishi ushbu xayrli ishga o‘zining munosib hissasini qo‘shishga shoshmoqda.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish