“Men radikalizmga qarshiman” ko‘rik-tanlovining g‘olib va sovrindorlari aniqlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Men radikalizmga qarshiman” nomli ko‘rik-tanlovining yakuniga bag‘ishlangan taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Islomshunoslik fakulteti hamda “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov ochib berdi.
Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev, fakultet dekani Jahongir Tohirov, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.
Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasi 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etildi.
Bugun dunyoning turli hududlarida ekstremistik kuchlarning natijasida begunoh insonlar qurbon bo‘lmoqda. Shukrki, bizning yurtimizda tinchlik hukm surmoqda. Ammo ushbu ne’matni qadriga yetmagan ayrim ekstremistik oqimlar jamiyatdagi ijtimoiy-ma’naviy muhitga ta’sir o‘tkazishga urinmoqda. Achinarlisi shundaki, g‘araz maqsadli kimsalar yoshlarni o‘z tuzog‘iga ilintirib, ulardan o‘zlarining iflos va jirkanch maqsadlari yo‘lida foydalanmoqda.
So‘zga chiqqanlar bundan ko‘rik-tanlovlardan ko‘zlangan maqsad ham ogohlikni yanada kuchaytirish, atrofimizdagi xodimlariga loqayd bo‘lmaslik, bu kabi tanlovlarni muntazam o‘tkazish kerakligi haqida so‘z yuritishdi. Zero, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etayotgani alohida ta’kidlandi.
Tadbir davomida tanlov sovrindorlarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Tanlov doirasida talabalardan 18 ta maqola, 12 ta infografika va 6 ta videorolik qabul qilib olindi. Natijada “Eng yaxshi maqola”, “Eng yaxshi videorolik” hamda “Eng yaxshi infografika” yo‘nalishlarida g‘oliblar aniqlanib, ularga faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Sovrindor bo‘lgan talabalar so‘zga chiqib, o‘zlari tayyorlagan mavzu yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish