215

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi milliy reytinglarda yuqori o‘rinlarni egalladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’im, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan respublikamiz oliy ta’lim muassasalari milliy reytingi hamda akademik litseylar reytingi e’lon qilindi.

Oliy ta’lim muassasalarining 2022-yildagi faoliyati natijalari bo‘yicha milliy reytingida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 

Ijtimoiy-gumanitar soha boʻyicha oliy taʼlim muassasalari reytingida esa 59,74 natija bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritildi. Ta’kidlash kerak, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘tgan yili 55,95 foizlik natija bilan respublikada 4-o‘rinda qayd etilgandi. 

O‘tgan yili O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi oliy taʼlim muassasalari professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyati 66,5 foizni tashkil etib, reytingda 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkich 70,74 foizni tashkil etdi. Akademiya mazkur natija bilan 1-o‘rinni yanada mustahkamladi.  

Akademik litseylar reytingida esa O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi akademik litseyi 28,83 foiz ko‘rsatkichni qayd etib, ko‘rsatkich e’tibori bilan o‘tgan yildagi natijasini yaxshiladi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish