364

Akademiya o‘qituvchilari respublika ilmiy seminarida ma’ruza qilishdi

Bugun Chirchiq davlat pedagogika universitetida akademik Yahyo G‘ulomov nomidagi “O‘zbek xalqi va uning davlatchiligi tarixi” Respublika ilmiy seminarining navbatdagi 79-umummilliy yig‘ini bo‘lib o‘tdi.

“Toshkent vohasi qadimgi va o‘rta asrlarda” mavzusiga bag‘ishlangan anjumanda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi – IRCICA” kafedrasi professor-o‘qituvchilari – Ne’matullo Muhamedov hamda Saidakbar Agzamxo‘jayev ishtirok etishdi.

Shuningdek, seminarda Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori G‘ofirjon Muhamedov, Tarix instituti direktori, professor Azamat Ziyo, Milliy arxeologiya markazi direktori Farxod Maqsudov, Sharqshunoslik instituti bosh ilmiy xodimi O‘ktambek Sultonov, universiteti vakillari, turli davlat va jamoat tashkilotlari, hamkor muassasalar rahbarlari, professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar, ilmiy-tadqiqotchilar, talabalar ishtirok etdi. 

Akademiya o‘qituvchilari “Ikki renessans davrida Toshkent vohasi olimlarining madaniyat va ilm-fan rivojidagi o‘rni” mavzusida ma’ruza qilishdi.

Ilmiy seminar davomida yig‘ilgan tomonidan mavzular yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi. 

          O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish