168

Ichki ishlar xodimlari uchun navbatdagi malaka oshirish o‘quvlari boshlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Toshkent shahar Olmazor tumanida faoliyat olib borayotgan profilaktika inspektorlari uchun “Aholi radikallashuvining oldini olishdagi dolzarb masalalar” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari boshlandi. 

Mazkur o‘quvlarning birinchi kuni “Mutaassib guruhlar ta’siriga tushgan shaxslarni reabilitatsiya qilish usullari (O‘zbekiston tajribasi)”, “Yoshlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali targ‘ib etilayotgan diniy mutaassiblik va ekstremizm g‘oyalaridan muhofaza qilishdagi dolzarb vazifalar” hamda “Yoshlar muhitida din asosida radikallashuv va uning oldini olishning ijtimoiy-psixologik metodlari” mavzularida dars mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Malaka oshirish o‘quvlaridan ko‘zlangan maqsad, ichki ishlar xodimlarining fuqarolar bilan ishlash jarayonida turli yot g‘oyalar: ekstremizm, terrorizm, radikalizm, aqidaparastlik, missionerlik g‘oyalarga qarshi kurashda mafkuraviy immunitetlarini mustahkamlash hamda yoshlar, ayniqsa, xotin-qizlar orasida radikallashuvni oldini olish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishdan iborat.

Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.

Izoh qoldirish