201

Akademiya vakillari xalqaro forumda ishtirok etdi

Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston – Qirgʻiziston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining I xalqaro forumining yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda ikki davlat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar va ilm-fan sohasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan ishtirokchilar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Anjumanda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev ishtirok etdi. 

Forumda so‘nggi yillarda O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritildi. Darhaqiqat, bugungi kunga kelib, yurtimizda oliy ta’lim muassasalari soni 211 taga yetdi, jumladan 30 dan ortiq xorijiy oliy ta’lim muassasalarining filiallari tashkil etilishi alohida e’tirofga loyiq.

Tadbir davomida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda O‘sh davlat universiteti o‘rtasida Anglashuv Memorandumi imzolandi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Izoh qoldirish