110

Bolgar islom akademiyasida Akademiya professorining monografiyasi taqdimoti o‘tkazildi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi delegatsiyasi Rossiyaning Tatariston Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov boshchiligidagi guruh a‘zolari Bolgar islom akademiyasida “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi mudiri Mirodil Haydarovning “Burhoniddin Marg‘iloniynig “Hidoya” asari va O‘zbekiston Respublikasi kodeksida oila va nikoh munosabatlarining qiyosiy tahlili” nomli monografiyasininig taqdimotida qatnashishdi.

Unda Bolgar islom akademiyasi hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.

Shuningdek, Bolgar islom akademiyasi talabalariga Akademiyamizning faoliyati, ilmiy salohiyati va erishayotgan yutuqlari haqida ma‘lumotlar berildi.

Tashrif davomida Bolgar islom akademiyasi faoliyati, talabalar bilim olishi, ilmiy tadqiqotlar olib borishi, qadimiy manbalarni restavratsiya qilish va o‘rganish, jismoniy tarbiya hamda sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.

Uchrashuv so‘ngida Bolgar islom akademiyasi rahbariyatiga esdalik sovg‘alari topshirildi. 

Izoh qoldirish