Ayollarning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish istiqbollari
Xotin-qizlarning jamiyat va davlat boshqaruvida faol ishtirok etishi bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Milliy siyosatimiz markazida turadigan eng ezgu maqsad – oilalar mustahkamligi, ayollarimizning huquqiy himoyasi va osoyishta hayotini ta’minlashdan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqida “Birlashgan Millatlar Tashkiloti – Xotin-qizlar” tuzilmasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdorligini ta’kidlab, birgalikdagi tashabbus sifatida ayollarning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalalarini muhokama qilish va tajriba almashish uchun kelgusi yili O‘zbekistonda Osiyo xotin-qizlari forumini o‘tkazishni taklif qildi.
Shundan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti tomonidan “Ayollarning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish istiqbollari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, fakultet dekani Sayyora Chiniyeva, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Dilbar Gʻulomova, Toshkent davlat yuridik universiteti professori, Firuza Muxitdinova, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy-tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i Gulnora Gʻaniyeva, Akademiya professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
Davra suhbatida “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi Saidafzal Saidjalolov, Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili) yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Dilobar Abdug‘affarova hamda Din sosiopsixologiyasi yo‘nalishi 3-kurs talabasi Dildora Rustamova o‘z ma’ruzalari bilan qatnashishdi.
Tadbir yakunida “Ayolga ehtirom” mavzusida Akademiya talabalari o‘zlarining she’riy kompozitsiyasini taqdim etishdi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish