171

Harbiy xizmatchilar uchun navbatdagi malaka oshirish o‘quvlari yakunlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Qo‘mondonlik tarkibi ofitserlari uchun “Harbiy xizmatchilarda buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash asoslari” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tdi. Unda jami 40 nafar tinglovchi ishtirok etdi.

Shu munosabat bilan malaka oshirish o‘quvlarining yakuni bo‘yicha bitiruv tadbiri tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Boshqarma boshlig‘i, polkovnik I.Mallayev, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Z.Ro‘ziyev, Malaka oshirish markazi xodimlari, professor-o‘qituvchilar hamda tinglovchilar ishtirok etdi.

Tadbir yakunida tinglovchilarga tarqatma materiallar, esdalik sovg‘alari hamda malaka oshirish kursini tugatgani to‘g‘risidagi sertifikatlar topshirildi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish