Davlatimiz rahbarining BMT Bosh Assambleyasida so‘zlagan nutqi tahlil etilmoqda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ilmiy-ma’rifiy davra suhbati o‘tkazildi. Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbir “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqida Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari” mavzusiga bag‘ishlandi.
Davra suhbatida fakultet dekani Habibullo Sadibaqosev, “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri Farhod Karimov, siyosiy fanlar doktori, professor S.Sayidolimov, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professor S.Jo‘rayev, kafedra professor-o‘qituvchilari, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida, ustozlar tomonidan talaba yoshlarga Prezident Shavkat Mirziyoyevning o‘zbek tilida so‘zlagan nutqi, Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari va “S5+1” formatidagi birinchi sammitning ustuvor yo‘nalishlari xususida batafsil va qiziqarli ma’lumotlar berildi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish