Akademiya talabasi XVI – Butun Rossiya xalqaro olimpiadasida g‘olib bo‘ldi
Tatariston Respublikasining Qozon shahrida Rossiya islom instituti hamda BAAning Islom madaniyati fan va ta‘limni qo‘llab-quvvatlash fondi tomonidan hamkorlikda islom taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida XVI – Butun Rossiya xalqaro olimpiadasi oʻtkazildi.
Olimpiadada 23 yoshgacha bo‘lgan talabalar “Islom huquqi (Hanafiy fiqhi)”, “Islom huquqi (Shofi’iy mazhabi)”, “Islom asoslari (Qur’onshunoslik, hadisshunoslik, siyrat)”, “Arab tili” yo‘nalishlarida ishtirok etishdi.
Mazkur olimpiada musobaqalarida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining Hanafiy fiqhi yo‘nalishida Islomshunoslik fakulteti 3-bosqich talabasi Fotima Botirova “Islom huquqi (Hanafiy fiqhi)”, Islomshunoslik fakulteti 3-bosqich talabasi Abdulbosit Ahmadjonov esa “Islom asoslari (Qur’onshunoslik, hadisshunoslik, siyrat)” yo‘nalishida hamda Islomshunoslik fakulteti 4-bosqich talabasi A’zamjon Muhamadjonov esa “Arab tili” yo‘nalishida ishtirok etdi.
Quvonarlisi, yakuniy natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining Islomshunoslik fakulteti 4-bosqich talabasi A’zamjon Muhamadjonov A’zamjon “Arab tili” yo‘nalishi bo‘yicha faxrli 1-o‘rinni egalladi.
G‘olib va ishtirokchilar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish