Akademiyada “Xon atlas” festivali o‘tkazildi
O‘zbek milliy matolari deganda ko‘z o‘ngimizda kamalak ranglarda tovlanuvchi atlas-u adraslar namoyon bo‘ladi. Azaliy qadriyatlarimizni o‘zida ifoda etgan ushbu go‘zal matolarda xalqimizning uzoq hamda shonli o‘tmishi, qadimiy an’analari, estetik dunyoqarashi va o‘ziga xos xususiyatlari mujassamdir.
Bu borada yosh avlodni milliy qadriyat, an’ana va urf-odatlarimizga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash dolzarb vazifa hisoblanadi. Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Xon atlasli libosimiz – ko‘rkimiz” mavzusida “Xon atlas” festivali o‘tkazildi.
Xotin-qizlar masalalari bilan ishlash bo‘limi hamda Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Akademiyaning ayol professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalari xon atlasdan tikilgan milliy liboslarimizda ishtirok etishdi.
Ma’lumki, atlas to‘qish Marg‘ilonda juda qadimdan rivojlangan va boshqa joylarga tarqalgan. 2017-yilda esa o‘zbek ipak matolarining to‘qish texnologiyasi UNESCOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Bugungi kunda yo‘qolib borayotgan an’analarni asrab-avaylash, jumladan, tarixiy matolarni qayta tiklash tobora muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur tadbir esa bu boradagi muhim qadam bo‘ldi. Tadbirda O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan tayyorlangan “O‘zbek milliy liboslari” kitobi taqdimoti o‘tkazildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish