206

Malaka oshirish o‘quvlari qizg‘in pallaga kirdi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Samarqand viloyatidagi imom-xatiblar uchun oʻtkazilayotgan malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda. 

Navbatdagi uchrashuvlarda Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, tarix fanlari doktori, professor Davronbek Maxsudov hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi katta oʻqituvchisi (PhD) Azamat Nazarov maʼruza qildi.

Bu safar asosiy eʼtibor yoshlar orasida din asosida radikallashuv va uning oldini olishning ijtimoiy-psixologik metodlarini oʻrganishga qaratildi. Yosh avlodning yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolishiga sabab boʻladigan omillar, motivlar ilmiy, diniy va dunyoviy jihatdan tahlil qilindi. 

Oʻquv mashgʻulotida Akademiya katta o‘qituvchisi Azamat Nazarov “Yoshlar muhitida din asosida radikallashuvni oldini olishning ijtimoiy-psixologik metodlari” mavzusida maʼruza va seminar-trening oʻtkazdi.

Azamat Nazarov o‘z ma’ruzasida yoshlarni ijtimoiy-huquqiy xatar guruhiga tushib qolishini oldini olish , ulardagi diniy radikallashuv masalasi, yoshlar taʼlim-tarbiyasi, ularni turli yot mafkuralar taʼsiridan asrash, terrorizm, ekstremizm, giyohvandlik balosi kabi masasalarning ijtimoiy-psixologik sabablari va asoslari haqida soʻz yuritdi.

Mashgʻulot qizgʻin munozara va savol-javoblar bilan davom etdi.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish