Samarqandda malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Samarqand mintaqaviy filiali tomonidan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan iqtidorli imom-xatib va imom noiblari uchun “Aholi radikallashuvining oldini olishdagi dolzarb masalalar” yo‘nalishida tashkil etilgan malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.
Mazkur malaka oshirish o‘quvlari zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interfaol usullar asosida tashkil etilgan bo‘lib, dars mashg‘ulotlariga sohaning yetuk va tajribali mutaxassislari jalb etilmoqda. Jumladan, kecha tinglovchilar bilan “Radikal oqimlarning aqidaviy da’volari va ularga ahli sunna val jamoaning ilmiy raddiyalari”, “Moturidiy ta’limoti asoslari va unga bildirilgan ta’nalarga javoblar” hamda “Dunyoviy davlatda dinning ijtimoiy munosabatlardagi o‘rni va ahamiyati” mavzularida dars mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish