Ichki ishlar xodimlari uchun navbatdagi malaka oshirish o‘quvlari boshlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Toshkent shahar Olmazor tumanida faoliyat olib borayotgan profilaktika inspektorlari uchun “Aholi radikallashuvining oldini olishdagi dolzarb masalalar” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari boshlandi.
Mazkur o‘quvlarning birinchi kuni “O‘zbekistonda vijdon erkinligini ta’minlash, radikalizm va ekstremizmga qarshi kurashning huquqiy asoslari”, “Yoshlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali targ‘ib etilayotgan diniy mutaassiblik va ekstremizm g‘oyalaridan muxofaza qilishdagi dolzarb vazifalar” hamda “Zamonaviy islom manbalarida radikalizm va ekstremizmning qoralanishi” mavzularida dars mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
Malaka oshirish o‘quvlaridan ko‘zlangan maqsad, ichki ishlar xodimlarining fuqarolar bilan ishlash jarayonida turli yot g‘oyalar: ekstremizm, terrorizm, radikalizm, aqidaparastlik, missionerlik g‘oyalarga qarshi kurashda mafkuraviy immunitetlarini mustahkamlash hamda yoshlar, ayniqsa, xotin-qizlar orasida radikallashuvni oldini olish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishdan iborat.
Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish