182

Harbiy xizmatchilar uchun navbatdagi malaka oshirish o‘quvlari boshlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Qo‘mondonlik tarkibi ofitserlari uchun “Harbiy xizmatchilarda buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash asoslari” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari boshlandi. Unda jami 40 nafar tinglovchi ishtirok etmoqda.

72 soatlik mazkur malaka oshirish o‘quvlaridan ko‘zlangan maqsad harbiy xizmatchilarda islom dinining insonparvarlik va tinchlikvarparlik g‘oyalari to‘g‘risida, shuningdek, harbiy xizmatchilar shaxsiy tarkib ofitserlari va fuqarolar bilan ishlash jarayonida turli yot g‘oyalar: ekstremizm, terrorizm, radikalizm, aqidaparastlik, missionerlik g‘oyalarga qarshi kurashda mafkuraviy immunitetlarini mustahkamlash hamda sohaga doir bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishdan iborat.

Dars mashg‘ulotlaridan so‘ng tinglovchilar uchun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hududida joylashgan “Yunusxon”, “Shayx Hovandi Tohur”, “Qaldirg‘ochbiy” maqbaralariga ziyorat uyushtirildi. Tinglovchilarga madaniy obidalarning tarixi va qayta tiklanish jarayoni haqida ma’lumotlar berildi.

Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish