176

Akademiyada talabalarning ota-onalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talabalarning ota-onalari hamda Akademiya rahbariyati o‘rtasida ochiq muloqotlar bo‘lib o‘tmoqda. Navbatdagi muloqot Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti tomonidan o‘tkazildi.

Muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori Nurboy Jabborov, Akademiya rektori maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zokirjon Ro‘ziyev, professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda ota-onalar ishtirok etdi.

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining alohida “yo‘l xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlar ijrosi doirasida tashkil etilgan ota-onalar kongressini O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov ochib berdi. Akademiya rektori o‘z so‘zida bugungi kunda Akademiyada olib borilayotgan ta’lim tizimi va o‘quv jarayonlari, ichki tartib-qoidalar va talaba-yoshlar sifatli bilim olishi  uchun yaratilgan sharoitlar haqida atroflicha so‘z yuritdi. 

Suhbat davomida mas’ullar tomonidan talabalarga yaxshi ta’lim berish bilan cheklanib qolinmay, ularning tarbiyasi, xulqi-odobi boshqalarga o‘rnak bo‘lishi kerakligi, bu borada Akademiya va ota-ona hamkorligi yo‘lga qo‘yilishi kerakligi alohida ta’kidlandi. 

Uchrashuvda atroflicha fikr almashildi va ota-onalarning taklif-mulohazalari tinglandi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish