143

Akademiya o‘qituvchisi muhim mavzuda ma’ruza qildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori Ne’matillo Muhamedov Toshkent islom institutida “Hazrati Imom Qaffol Shoshiyning islom madaniyatiga qo‘shgan hissasi” mavzusida ma’ruza qildi.

Mazkur tadbir talabalar o‘rtasida xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy an’analarini asrab-avaylash va o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash maqsadida tashkil etildi. 

Davra suhbatida musulmon olamining imomlaridan biri Abu Bakr Muhammad Qaffol Shoshiy haqida ma’lumot berildi. 

Islom olamida Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy kabi “imom” darajasiga erishgan ko‘plab buyuk allomalar orasida Imom Abu Bakr Qaffol Shoshiy (904-976) ham alohida o‘rin egallaydi. Zamondoshlari tomonidan “Hazrati Imom” deb ulug‘langan alloma haqida tinglovchilarga ma’lumot berildi.

 

Izoh qoldirish