Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va tuman/shahar bosh mutaxassislari uchun malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodimi A.Qambarov “Mutaassib guruhlar ta’siriga tushgan shaxslarni reabilitatsiya qilish usullari (O‘zbekiston tajribasi)”, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, tarix fanlari doktori I.Bekmirzayev “Aqidaparast kontentlarga ilmiy asosda raddiya berish uslublari: xalqaro tajriba” hamda Akademiya katta o‘qituvchisi, PhD B.Berdiyev tomonidan “Dunyoning diniy manzarasi va din bilan bog‘liq geosiyosiy jarayonlar tahlili” mavzularida dars mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimlarining sohadagi mas’uliyati, joylarda amalga oshirilishi belgilangan ishlar dasturi, fuqarolar bilan ishlash va hududlarda ijtimoiy muhit barqarorligini ta’minlash masalalari, diniy tashkilotlar faoliyati, targ‘ibot tadbirlarini samarali tashkil etish mexanizmlari bo‘yicha fikr almashildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bo‘lim boshlig‘i S.Mullayeva tomonidan “Sog‘lom turmush tarziga amal qilishda to‘g‘ri ovqatlanishning ahamiyati” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Mazkur dars sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish gigiyenasi va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish masalalari borasida tavsiyalar berildi.
Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish