232

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimlari uchun malaka oshirish o‘quvlari boshlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va tuman/shahar bosh mutaxassislari uchun malaka oshirish o‘quvlari boshlandi. Unda 20 nafar tinglovchi ishtirok etmoqda.

144 soatga mo‘ljallangan mazkur o‘quvlardan ko‘zlangan maqsad tinglovchilarning O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari, diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, radikallashuv va uning oldini olish masalalari, sog‘lom e’tiqod va ma’rifiy islom asoslari, jaholatga qarshi ma’rifat g‘oyasini targ‘ib etish masalalari va fuqarolar bilan ishlashda shaxslarning ijtimoiy holati, oilaviy sharoiti, mutaassiblik belgilari, yakka tartibda va jamoa bilan suhbat olib borish, suhbatdoshni tinglash va u bilan samimiy muloqotga kirishish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini yanada takomillashtirishdan iborat.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Xotin-qizlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i F.Abduraximova tinglovchilar bilan uchrashib, ularga yaratib berilgan sharoit va dars mashg‘ulotlari mazmuni bilan tanishdi. Shuningdek, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning joylaridagi bosh mutaxassislari oldida turgan dolzarb vazifalar va ularni ijrosini ta’minlashga doir tavsiyalar berildi.

Dars mashg‘ulotlaridan so‘ng tinglovchilarga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Manbalar xazinasi faoliyati va unda saqlanayotgan nodir qo‘lyozmalar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish