Adabiy uchrashuv mazmunli o‘tdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Rauf Parfi ijodiga bir nazar” mavzusida adabiy uchrashuv tashkil etildi.
“O‘zbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan ijodiy kechada O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, kafedra a’zolari, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Do‘stlik” ordeni sohibi, “Sharqiy qutb”, “Mahak tosh”, “Afandi aldamaydi”, “Ayro yo‘llar”, “Sevgini sog‘indim”, “Oshiqlik” kabi she’riy to‘plamlar muallifi Chorsham Ro‘ziyev qatnashdi.
Davra suhbati davomida ijodkor Chorsham Ro‘ziyev Rauf Parfi haqida so‘z yuritarkan, shoir o‘zbek she’riyatining yirik vakillaridan biri ekanini qayd etdi.
O‘zbekiston xalq shoiri Rauf Parfi ijodiy faoliyatida davomida “Karvon yo‘li”, “Aks sado”, “Tasvir”, “Xotirot”, “Sabr daraxti” kabi she’riy to‘plamlari nashr etilgan. Bayronning “Manfred”, Nozim Hikmatning “Inson manzaralari”, Karlo Kaladzening “Dengiz xayoli” kabi asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish