240

Akademiya professor-o‘qituvchilari Qo‘qon shahridagi seminar-treningda ishtirok etishdi

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida “Ayol va jamiyat” dasturi doirasida oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish maqsadida targ‘ibot guruhlarining malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar o‘tkazildi.

“Xotin-qizlarning radikallashuvi, ularning yot g‘oyalar va mutaassiblikka berilishining oldini olish masalalari” mavzusida tashkil etilgan seminarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari – Zebo Kasimova, Matluba Qahhorova hamda Nigora Yusupova ishtirok etishdi. 

Qo‘qon shahri va atrof tumanlaridagi “Oqila ayollar harakati" a’zolari, otinoyilar, mahallalardagi oila va xotin-qizlar faollari, viloyat, shahar va tumanlardagi targ‘ibot guruhi a’zolari uchun tashkil etilgan seminarda mutasaddilarning kompetentligi va kreativligini oshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi. 

O‘quv-seminarlarda Nigora Yusupova “Xotin-qizlar orasida yot g‘oyalarga qarshi kurashishning dolzarb masalalari”, “Oilaviy munosabatlarni mustahkamlashda diniy qadriyatlarning o‘rni va islomda ayollarga munosabat”, Matluba Qahhorova “O‘zbekiston jamiyatida milliylik va din uyg‘unligining ahamiyati” hamda Zebo Kasimova “Ayollarni mutaassib shaxslar tomonidan psixologik ta’sirga solayotgan omillar” mavzularida ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishdi. 

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish