263

Talabalar Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi faoliyati bilan tanishishdi

“Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida o‘tayotgan “Mustaqillik darsi” doirasida 1-bosqich talabalar uchun Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga ekskursiya uyushtirildi. 

Sayohat davomida talabalarga kutubxona tarixi, faoliyati va resurslari haqida ma’lumot berildi. Talabalar Milliy kutubxonaning axborot resurslaridan, ya’ni bosma va elektron nashrlardan hamda elektron va an’anaviy katalog va kartotekalardan foydalanish, kerakli resurslarni izlash, ularga buyurtmani rasmiylashtirish, info-kiosk hamda internet va Wi-Fi xizmatlaridan foydalanish qoidalari bilan ham tanishdilar.

Bundan tashqari, shu yerning o‘zida o‘zbek adabiyotining yorqin namoyandalari bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya

Izoh qoldirish