Mahmudxo‘ja Behbudiyning ilmiy-ma’rifiy merosi haqida so‘z yuritildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga qabul qilingan 1-bosqich talabalar uchun “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mustaqillik darsi” o‘tkazilmoqda.
Talabalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va madaniy hordiq chiqarishlariga ko‘maklashish, ularda Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat hissini kuchaytirish maqsadida poytaxtimizdagi Adiblar xiyoboni majmuasiga sayohat tashkil etildi.
Xiyobonda ma’rifatparvar bobomiz “Mahmudxo‘ja Behbudiyning ilmiy-ma’rifiy merosi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Allomaning haykali yonidagi maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvda oʻzbek jadidchilik harakati yetakchisining hayoti va ijodi, jadidchilik harakati haqida soʻz yuritildi.
Soʻzga chiqqanlar tomonidan talaba-yoshlarga adib hayoti va ijodi, ilmiy-maʼnaviy faoliyati haqida qiziqarli maʼlumotlar berildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish