Imomlar uchun amaliy dars tashkil etildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Toshkent shahar Olmazor tumani imom-xatiblari va otinoyilari uchun “Aholi radikallashuvining oldini olishdagi dolzarb masalalar” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.
Tasdiqlangan jadval asosida dars mashg‘ulotlari tashkil etildi. Jumladan, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mas’ul xodim A.Qambarov “Mutaassib guruhlar ta’siriga tushgan shaxslarni reabilitatsiya qilish usullari (O‘zbekiston tajribasi)”, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bo‘lim boshlig‘i, PhD A.Alloqulov “Moturidiy ta’limoti asoslari”, markaz ilmiy xodimi I.Abduraxmonov “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasining jamiyatda ijtimoiy muhit barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni”, “Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi direktori, PhD N.Ibragimova “Aholi o‘rtasidagi bid’at va xurofotlarning oldini olishda otinoyilarning o‘rni” hamda S.Ibragimova tomonidan “Ayollarga xos fiqhiy masalalar” mavzularida dars mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
Darslardan so‘ng tinglovchilar uchun amaliy mashg‘ulot sifatida O‘zbekiston musulmonlari idorasi “Fatvo markazi”ga tashrif uyushtirilib, imom-xatiblarga mutaxassis H.Jo‘raboyev tomonidan “Fatvo markazi”ning tashkil etilishi, faoliyat yo‘nalishlari, “call-center” ishlash tartibi, fuqarolarning savollariga javob berish, diniy-ijtimoiy masalalarga doir zamonaviy fatvolar va murojaat etilayotgan manbalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Malaka oshirish o‘quvlari davom etmoqda.
Qo‘shimcha mutolaa uchun tavsiya
- Rahbariyat
- Akademiya haqida
- Akademiya tarixi
- Bog'lanish
- Tuzilma
- Kengashlar
- Yuqori turuvchi tashkilot
- Bo‘sh ish o‘rini
- Kafedralar
- Fakultetlar
- Bo‘limlar
- Sektorlar
- Markazlar
- Ta'lim muassasalari
- Xorijiy faxriy doktor va professorlarimiz
- Akademiya oromgohi
- Yoshlar ittifoqi
- Bitiruvchilar klubi
- Akademiya hududi tarixi
- Axborot-resurs markazi
- Bizning bitiruvchilar
- Qabul jadvali
Izoh qoldirish